15 iyu 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC vazn toifasidan qati nazar eng kuchli jangchilar reytingini elon qildi
Iyun oyi uchun UFC promoushenining vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli jangchilari reytingida bir nechta ahamiyatga molik o'zgarishlar ro'y berdi.
Ro'yxatni yarimo'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman boshqarib boryapti. Ikkinchi pog'onadan yarimengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka o'rta vazn chempioni Israel Adesanya yakun yasab bergan.
Engil vazn chempioni Aljemeyn Sterling bir pog'ona ko'tarilib, 8-o'ringa joylashdi. Jon Jons va Deyvison Figeyredo ham o'tgan oydagi o'rinlariga nisbatan bir pog'onaga yuqorilashgan. Glover Teysheyradan chempionlik kamarini tortib olgan Irji Proxazka 11-pog'onaga ko'tarildi. Gloverning o'zi esa aksincha 7 pog'onaga pastlab, 15-o'ringa tushib ketdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar