08 avg 22:46
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC'ga o'tish turnirida ishtirok etuvchi hamyurtimiz Anvar Boynazarov hamda uning raqibi vazn o'lchash marosimidan o'tishdi + VIDEO
Hamyurtimiz Anvar Boynazarov Dana White Contender Series turniri uchun vazn topshirdi.
Boynazarov raqibidan ikki funt kamroq, aniqrog'i 144 funt tosh bosgan. Erik Silva esa 146 funt vazn qilgan.
Jang ushbu kechadan o'rin olgan co main event to'qnashuvi bo'ladi.
Anvar Boynazarov ishtirokidagi jang bizning vaqt bilan 10 avgust sanasiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, Boynazarov so'nggi jangini 26 yanvar kuni Jon Famga qarshi o'tkazib, jangning 22 soniyasidayoq nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Hamyurtimizning g'alabasiga engil vaznda UFC'ning sobiq chempioni CHarlz Oliveyra ham munosabat bildirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar