25 iyu 17:37
Yangiliklar

UFC'ga o'tishi kutilayotgan yana bir o'zbek jangchisi: "Vada beraman, bu sohada hech narsaga erisha olmaysan"
"Bugungi yosh sportchilarimiz ko'p so'rashadi, qanday qilib chempion bo'lsak bo'ladi, deb. CHempion bo'lish uchun birinchi o'rinda maqsad kerak va o'sha maqsadga qarab reja qilinib, reja asosida mehnat qilinadi. In sha Allah, albatta natijasini ko'rasizlar. Bu yo'lni mashhur bo'lish uchun yoki pul ishlab, boy bo'laman, deb tanlash xato. Men vada beraman, bu sohada hech narsaga erisha olmaysizlar. Seni faqat mahalla-ko'y, qarindoshlaring tanib bilishi mumkin. O'zingni "piar" qilsang, reklama qilsang, seni hech kim sportchi deb emas, aktyor yoki masxaraboz deb biladi", - deya yoshlarga murojaat qilgan hamyurtimiz.
Eslatib o'tamiz, Boynazarov so'nggi jangini 26 yanvar kuni Jon Famga qarshi o'tkazib, jangning 22 soniyasidayoq nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Hamyurtimizning g'alabasiga engil vaznda UFC'ning sobiq chempioni CHarlz Oliveyra ham munosabat bildirgan edi.
Avvalroq, hamyurtimizning UFC prezidenti Dana Uaytga tegishli yana bir promoushen — "Dana White's contender series" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar