11 iyu 14:24
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. 16 yoshli Andreeva 1/8 finalda kortga chiqdi
WTA reytingida 102-pog'onada borayotgan Mirra Andreeva Uimbldon turniri kashfiyotiga aylandi.
Rossiyalik 16 yoshli tennischi to'rtinchi davra uchrashuvida dunyoning 18-raketkasi, amerikalik Medison Kizga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda Mirra tajribali raqibasiga 6/3, 6/7(4), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Kiz 3 ta eys qayd etib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Ikkala tennischi ham 4 ta breykni amalga oshirgan. Endi Medison The Championships 1/4 finalida belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar