17 iyu 08:04
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Ayollar o'rtasidagi juftlik musobaqasida g'olibalar malum
London shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida ham g'olibalar malum bo'ldi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Barbora Strikova va Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Vey avstraliyalik Storm Xanter hamda belgiyalik Elize Mertens juftligini 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilar 1 soatu 52 daqiqa davomida kortda harakat qilishgan. Londondagi ikki haftalik mehnat Strikova va Se Su-Veyga 600 000 funt sterling keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar