17 iyu 14:48
Yangiliklar
Uimbldon chempioni Marketa Vondroushova Top-10'da debyut qildi, tennischi qizlarimizda pasayish (POSTER)
Unga ko'ra, reytingning Top-10 ligida 3 ta o'zgarish ro'y berdi. Uimbldon chempioni chexiyalik Marketa Vondroushova 32 pog'ona yuqorilab, 10-o'ringa joylashdi va kuchli o'nlikda debyut qildi. SHuningdek, 9-o'rindagi Petra Kvitova 1 pog'ona ko'tarilib, Mariya Sakkari bilan o'rin almashdi. Reytingni hamon polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Yangilangan haftalik reytingda tennischi qizlarimizning barchasida pasayish kuzatilganini ko'rishimiz mumkin. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 5, Sevil Yo'ldosheva 8, Milana Maslenkova 14 o'rin pastlagan.
WTA reytingi. 2023 yil 17 iyul holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 9315 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8845
3. (3) Elena Rybakina (Qozog'iston) - 5465
4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5395
5. (5) Karolin Garsiya (Franciya) - 4865
6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 4846
7. (7) Kori Goff (AQSH) - 3390
8. (9) Petra Kvitova (CHexiya) - 3341
9. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3310
10. (42) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 3106
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
177 (172). Nigina Abduraimova - 396
921 (913). Sevil Yo'ldosheva - 21
1333 (1319). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar