07 iyu 10:52
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Kasper Ruud 142-raketkaga yutqazib qo'ydi
Londonda davom etayotgan "Ulkan Toj" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida kutilmagan natijalar ham qayd etila boshladi.
Jumladan, turnirning ikkinchi davrasida sayyoramizning 4-raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruud ATR reytingida 142-o'rinni egallab turgan britaniyalik Liam Broudiga yutqazib qo'ydi.
Uch soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda Ruud raqibiga 5 set natijasiga ko'ra mag'lub bo'ldi - 4/6, 6/3, 6/4, 3/6, 0/6. Bu tennischilarning o'zaro birinchi rasmiy uchrashuvi edi. Broudi faoliyatida ilk bor Top-10`dagi raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Endi u turnirning 3-davrasida kanadalik Denis SHapovalovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar