08 iyu 08:08
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Stefanos Cicipas besh setda Endi Marreyni mag'lub etdi
Londonda "Uimbldon" turnirini bezagan yana bir bahs yakunlandi.
Jahonning beshinchi raketkasi greciyalik Stefanos Cicipas turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 40-pog'onani egallab turgan britaniyalik Endi Marreyni 5 set natijasiga ko'ra mag'lub etdi.
4 soatu 40 daqiqa davom etgan murosasiz uchrashuvda Cicipas 7/6, 6/7, 4/6, 7/6, 6/4 hisobida g'alaba qozondi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida greciyalik tennischi oldinga chiqib oldi - 2:1
Etiborlisi, Stefanos "Katta Dubulg'a" chempioniga qarshi ketma-ket ikkinchi besh setlik o'yinda g'alaba qozondi. Birinchi davrada u Dominik Timni mag'lub etgandi.
Cicipasning Londondagi navbatdagi raqibi serbiyalik Laslo Jere bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar