24 noy 10:43
Yangiliklar
Uittaker Jonsga murojaat bilan chiqdi
"Ha, divizionni 8 oyga tashlab qo'yish, ayniqsa vaqtinchalik chempion paydo bo'lganidan keyin yo'q bo'lib qolish... Juda og'ir holat. UFC uchun bu oddiy holat emas. Bu shunday holatki, promoushenning ishlariga aralashib, nimadir qilmoqchi bo'lasanu, ammo odamlar norozi bo'laveradi.
Agar Jons titulidan voz kechib, uni Aspinallga bersa, bu divizion uchun ham yaxshi holat bo'ladi. Tom kamarni himoya qilaversin. Tabiiyki, Jons qaytganidan keyin imkoniyatga ega bo'ladi", - dedi Uittaker.
Eslatib o'tamiz, Jons jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin og'ir vaznda Stipe Miochichga qarshi jangi bekor bo'lgandi. Keyinchalik vaqtinchalik kamar uchun jangda Tom Aspinall rossiyalik Sergey Pavlovichni mag'lub etdi.
Fikrlar