29 okt 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik sobiq chempion bitta bokschi uchun faoliyatini tiklashi mumkin
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Gvozdik faoliyatini tiklashi mumkin.
Ukrainalik bokschining malum qilishicha, agar unda Saul Alvaresga qarshi jang qilish imkoni bo'lsagina, qo'lpoqlarini qaytadan kiyishga tayyor.
"Saul Alvaresga qarshi jang men uchun juda muhim. Agar Saul menga bunday imkoniyatni beradigan bo'lsa, ertagayoq ringga qaytishga tayyorman",-dedi Gvozdik.
Eslatib o'tamiz, Gvozdik faoliyatini o'tgan yili yakunlagandi. U so'nggi bor 2019 yilda Artur Beterbievga qarshi ringga ko'tarilib, mag'lub bo'lgandi. Bu Gvozdikning faoliyatidagi ilk mag'lubiyati edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar