So’nggi yangiliklar

09:32Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:11Шон Брэди кетма-кет тўртта ғалабадан кейин илк бор мағлубиятга учради 0 08:50UFC cобиқ чемпиони Леон Эдвардс фаолиятидаги кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди 0 08:26UFC 322. Дариуш ва Сен-Дени жанги бир неча сониягина давом этди 0 07:43Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди" 0 07:22Ислам Махачев Жек Делла Маддаленага қарши! UFC 322 турниридан ОНЛАЙН 0 07:01Фурқатбек Ёқубов ва яна икки ҳамюртимиз UAE Warriors 65 турнирида жанг қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:25Нажмиддин Қосимхожиев Ар-Риёд-2025 Ислом бирдамлиги ўйинлари вице-чемпионига айланди! 0 22:56ҒАЛАБА! Ўзбекистон U-17 Хорватия ўсмирларини пенальтилар сериясида мағлуб этиб, ЖЧ нимчорак финалига йўл олди! 0 21:18Таэквондочи Жаҳонгир Худойбердиев Жаҳон чемпионатидан сўнг Ислом бирдамлиги ўйинларида совриндор бўлди! 0 19:33Қойил, ҳар икки гроссмейстеримиз ҳам Жаҳон кубоги 1/4 финалига чиқди! 0 18:36VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон озарбайжонлик қўл тўпи усталарини икки тўп фарқи билан таслим этди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:15Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққаним учун айтмаяпман" 0 17:54Дана Уайт ярим ўрта вазнда даъвогарлик жангини эълон қилди 0 17:33Қозоғистоннинг биринчи рақамли боксчилари Тошкентга келади 0

05 iyu 15:20
Yangiliklar

Tennis, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – Denis Istomin!

Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.


Bugun qahramonimiz mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi – Denis Istomin!

Denis Istomin – 1986 yilning 7 sentyabr kuni tug'ilgan. Tennis bilan shug'ullanishni 5 yoshidan boshlagan. Mana bir necha yildirki, uning ham inson, ham sportchi sifatidagi tarbiyasi bilan onasi – Klavdiya Istomina shug'ullanadi. Klavdiya honim turnirlarda hamisha o'g'liga murabbiyi sifatida hamrohlik qiladi.

Lekin Denisning faoliyati bir tekis, o'zi kutganchalik bo'lmadi. 2001 yilda “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqalardan biriga ketayotib, Denis avtofalokatga uchraydi. Natijada u bir necha yil davomida professional tennischi sifatidagi faoliyatini to'xtatib turishga majbur bo'ldi. Istomin oradan ikki yil o'tibgina katta tennisga qaytdi. 2004 yildan u o'z mahoratini oshirish ustida tinimsiz ishlaydi va yaxshi natijalar ko'rsata boshlaydi. 2005-2011 yillar davomida Denis Istomin “CHellenjer” va “Fyuchers” turkumlariga kiruvchi turnirlarning yakkalik bahslarida aytishga arzigulik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Juftlik bahslarida 15 marotaba finalda ishtirok etdi. SHundan 11tasida zafar quchib, sherigi bilan bosh mukofotga ega chiqqan.



Denis terma jamoamizning birinchi raqamli tennischisi sifatida ham nomiga mos tarzda yutuqlarga erishdi. Jumladan, 2010 yili u Xitoyning Guanchjou shahrida o'tgan Osiyo o'yinlarining ham yakkalik, ham jamoaviy bahslarida kumush medal bilan taqdirlangan. Istomin 2013 yili Ey-Ti-Pi turkumidagi ilk sovriniga ega bo'ldi. Moskva shahrida o'tkazilgan musobaqaning juftliklar bahsida rossiyalik Mixail Elgin bilan bosh mukofotni qo'lga kiritdi. O'sha yili “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining mikst, yani aralash juftlik musobaqasida sherigi Yaroslava SHvedova bilan birga yarim finalga qadar etib kelgan. 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan qita o'yinlarining jamoaviy musobaqasida bronza medaliga sazovor bo'lgan.

Tennischimizning o'tgan yillar mobaynidagi reytingiga etibor qaratadigan bo'lsak, u 2001 yilni 1169-o'rinda yakunlaydi. 2004 yili 858, 2005 yili 196, 2006 yili roppa-rosa 200, 2007 yili 230, 2008 yili 105, 2009 yilda 102-pog'onani egallaydi. 2010 yil tom manoda omadli bo'lgan. Istomin o'sha yilni faoliyatidagi  eng yuqori pog'ona – 40-o'rinda yakunlaydi. Lekin bu eng yaxshi ko'rsatkich emas. Denis 2012 yilning 13 avgust kuni 33-o'ringacha ko'tarilgan. U 2011 yilni 73, 2012 yilni 43, 2013 yilni 45, 2014 yilda 49, o'tgan yili esa 61-o'rinda yakunlagan.

Istominning “Katta Dubalg'a” turkumidagi turnirlardagi eng yaxshi natijasi to'rtinchi bosqich bo'lib qolmoqda. Denis “Uimbldon” va AQSH Ochiq chempionatlarida aynan shu bosqichga qadar etib kelgan. 2015 yilgi tennis mavsumi Denis Istomin uchun muvaffaqiyatli keldi. U bir yo'la ikkita Ey-Ti-Pi turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Avvaliga Nottingem turnirining yakkalik bahslarida faoliyatidagi dastlabki va hozirgacha yagona bo'lib turgan sovriniga ega chiqdi. Mukofot jamg'armasi 645 ming 248 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada reytingda o'zidan yuqorida turgan tennischilar – NikolasAlmagro, Xuan Monako, Sergey Staxovskiy, Leonardo Mayer, Markos Bagdatis va Sem Kuerrini mag'lubiyatga uchratdi. Nottingem turniridagi tarixiy g'alaba Istominga deyarli 90 ming dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.



Bundan tashqari, SHveycariyaning Gshtaad shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirining juftliklar musobaqasida ham bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Belaruslik sherigi Aleksandr Buriy bilan bahslarga kirishgan hamyurtimiz hal qiluvchi final uchrashuvida Oliver Marak va Aysam-ul-Haq Qureyshi juftligini 3-6, 6-2, 10-5 hisobida mag'lub etdi.


Denis Istomin professional faoliyati davomida $4,421,400 ishlab topgan. Biz birinchi raqamli tennischimizga mavsumning qolgan turnirlari va albatta Rio-2016 Olimpiadasida zafar yor bo'lishini tilab qolamiz. Hamyurtimizda Olimpiadada qatnashish tajribasi bor. U London-2012 Olimpiadasida nisbatan olganda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Dunyoning 64 nafar tennischisi qatnashadigan musobaqaning uchinchi bosqichida hamyurtimiz sayyoramizning o'sha paytdagi birinchi raketkasi shveycariyalik Rojer Federerga 5:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.


Reyting: +1   

Fikrlar

   
05 iyu 20:29:28
Husniddin Mirzaliyev
Yaxshi lekin Rossiyaning Orenburg shaxrida tug'ilganligini yozishga uyaldilarmi admin.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing