30 iyu 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ulardan ko'p narsani o'rgandim" Xabib Nurmagomedovdan yangi post + FOTO
Xabib Nurmagomedov instagram sahifasiga ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme va taniqli murabbiy Xaver Mendes bilan tushgan surati joylashtirdi.
"Bu yigitlar menga qilgan yaxshiliklar uchun ulardan minnatdor ekanligimni va ularni qanchalik yaxshi ko'rishimni bilishsa edi. Men ulardan ko'p narsa o'rgandim", — dedi Nurmagomedov instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o'tkazgandi. O'shanda UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda mag'lub etgan edi. Jangdan so'ng rossiyalik o'z faoliyatini tugatishga qaror qilganini aytgandi.
Xabib MMAʼda 29 ta jangda 29 ta, shu jumladan UFCda 13 ta jangda 13 ta g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar