04 dek 11:33
Yangiliklar
Ulug'bek Rashitov va Svetlana Osipova Parij Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritdi
Etiborlisi, ushbu reyting yakuniga ko'ra kuchli beshlikka kirgan sportchilarga Parij Olimpiadasi uchun licenziyalar taqdim etilardi.
Ushbu reytingga ko'ra, hamyurtlarimiz Ulug'bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) licenziya qo'lga kiritishdi.
Ulug'bek Rashitov o'z vaznida 1-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Svetlana Osipova 7-o'rinni band etdi. Ushbu vaznda ikki nafar Turkiya, ikki nafar Britaniya vakilasi bo'lgani uchun Osipova beshinchi licenziya sohibasiga aylandi.
Malumot uchun, Olimpiadada bitta vazn toifasida bir mamlakatdan bir nafar sportchi ishtirok etishi mumkin.
Qayd etish lozimki, o'zbekistonlik sportchilarda hali Yakuniy "Katta dubulg'a" musobaqasi, shuningdek 2024 yilgi Osiyo licenzion turnirlarida Parij Olimpiadasi uchun licenziyalar qo'lga kiritish imkoniyati bor.
O'zbekiston sport delegaciyasining Parij Olimpiadasi uchun licenziyalari soni 17 taga etdi.
Fikrlar