So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

13 may 10:03
Yangiliklar

Taekvondo

Umid Ahmadjonov Jahon chempionati oltin medali uchun 30 000 dollar vada qildi

15-19 may kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha kattalar o'rtasida navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Tokio Olimpiadasiga qimmatli eng yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqa butun sport jamoatchiligining etiborida bo'lishi tabiiy. Ushbu jahon chempionatiga O'zbekiston terma jamoasi azolari ham puxta tayyorgarlik ko'rishdi. 

Kuni kecha O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov O'zbekiston taekvondo associaciyasida musobaqada ishtirok etuvchi sportchi va murabbiylarimiz bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda O'zbekiston taekvondo associaciyasi rahbariyati, sportchilar va murabbiylar, O'zbekiston MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi. 

“Taekvondochilarimiz doimo yuqori natijalarni qayd etib kelishgan. Ishonamizki, sizlar ham bo'lajak dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini munosib himoya qila olasizlar. Buning uchun Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan qanday yordam kerak bo'lsa, biz sizlarga yaratib beramiz. 

SHuningdek, musobaqada sovrindor bo'lgan sportchilarga MOQ alohida pul mukofotini vada qiladi. Oltin medal egasiga 30 ming, kumush medal sohibiga 20 ming va uchinchi o'rin egasiga 10 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti beriladi. Sizlarni qo'llab-quvvatlash uchun biz ham Manchesterga boramiz. Nasib qilsa, birgalikda yorug' yuz bilan qaytamiz”, – dedi Umid Ahmadjonov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing