23 avg 06:09
Yangiliklar
Boshqalar
Umida jahon chempionatida oltin va bronzaga ega chiqdi!
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatining yoshlar o'rtasidagi bahslarida CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o'quvchisi Umida Rajabova 41 kg vazn toifasida ikki kurash natijasiga ko'ra 115 kg hamda 60 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, oltin va bronza medallariga ega bo'ldi.
Umida Rajabovaning ushbu medallari bois, sport arenasida bayrog'imiz balandda hilpiradi, madhiyamiz esa baralla yangradi. Barakalla Umida!
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Fikrlar