02 okt 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Unga tirsak zarbasini berishni sabrsizlik bilan kutyapman". Xuker Carukyan bilan jang anonsiga munosabat bildirdi
UFC engil vazn toifasi reytingida 6-o'rinda turgan avstraliyalik Den Xuker Arman Carukyanga qarshi jang anonsiga munosabat bildirdi.
Jang 22 noyabr kuni Doxada (Qatar) bo'lib o'tadi.
"Uning basharasi menga yoqmaydi. Yuzi tanasiga ulangani ham yoqmaydi, ularni ajratib tashlashdan mamnun bo'lardim. U yigit menga umuman yoqmaydi. U haqida hech narsa bilmayman, ammo u bilan bog'liq barcha narsalarni yomon ko'raman. Tirsagim bilan uning burniga zarba berishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Xuker.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar