07 avg 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uni Juma namozda ko'rganimda hayratda qoldim". Sobiq UFC jangchisi Islomni qabul qildi + FOTO
Sobiq UFC jangchisi, hozirda Eagle FC promoushenida jang qiladigan amerikalik Kevin Li Islom dinini qabul qildi.
Bu haqda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Umar Kunakbiev o'zining instagram sahifasida malum qildi.
"Kevin Lini Muborak Juma kunida namozda ko'rganimda hayratda qoldim. U uch oy oldin Islom dinini qabul qilgani malum bo'ldi", — deya yozadi Kunaebiev Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Li shu yilning mart oyida Eagle FC 46 turnirida Diego Sanchesni ochkolar hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar