14 iyu 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uni yoqtirmayman." Topuriya qaysi engil vaznli jangchini adabini berib qo'ymoqchi ekanligini aytdi
28 yoshli Iliya Topuriya Peddi Pimblettga qarshi jang qilish istagini bildirdi.
"U kibrli. Bir marta matbuot anjumanida u menga: "Men asosiy kardda, sen esa prelimlarda jang qilasan", degan edi.
Endi menda ikkita kamar bor — u qaerda? Pimblett kim o'zi? U qanday qilib kamar uchun jang qilishga munosib?
Aniq aytaman, raqib tanlash imkoni bo'lsa, Pimblettni tanlardim. CHunki men uni yoqtirmayman. U — asabga teguvchi odam. Bu jangni muxlislarga taqdim etardim. Bu kabi ikki jangchi bir-biri bilan jang qilishni istaydigan holat UFC’da anchadan beri bo'lmagan. Bu jang shou bo'ladi", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar