14 jan 13:08
Yangiliklar
Urganchda uch hudud dzyudochilari qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda
20 yanvarga qadar davom etadigan ushbu yig'inda Xorazm viloyatining barcha hududlaridan yig'ilgan umidli yoshlar bilan birgalikda qo'shni Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati dzyudochilari, qolaversa Yakkama-yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi sportchilari ham ishtirok etyapti.
Yig'indan ko'zlangan asosiy maqsad, avvalo respublikamizda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni qita va jahon chempionatlari, Osiyo hamda Olimpiya o'yinlarida davlatimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarish, O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni etkazib berish, yosh dzyudochilarning malakasini oshirish, chekka qishloqlarda kuchli dzyudochilarni saralab olishdan iborat.
Fikrlar