09 avg 15:33
Yangiliklar
Usik faoliyatidagi so'nggi jang haqida: "Bizda ikkita variant bor"
Gap amerikalik Deontey Uaylder haqida bormoqda. Usik aynan shu jang bilan professional faoliyatini yakunlamoqchi.
"Nega endi yo'q? Agar Deonteyning jamoasi bu jangni xohlasa, men uni o'tkazaman. Pul, biznes... Hozir bizda ikkita variant bor va biz o'zimiz uchun eng maqulini tanlaymiz. Jamoam shu ustida ishlayapti", — dedi ukrainalik bokschi "The Athletic" nashriga bergan intervyusida.
SHu bilan birga, Usik o'zining "so'nggi raqs"ni o'tkazish niyati ringga boshqa hech qachon qaytmasligini anglatmasligini ham takidlab o'tdi.
"Tayson Fyurini olaylik. U ketadi – qaytadi. Ketadi – qaytadi. Biz bu sport turida juda ko'p vaqt o'tkazamiz, shuning uchun "men uchun hammasi tugadi" deb aytish juda qiyin. Ammo juda uzoq vaqt ishlaganingizda, tanangiz charchaydi. Meniki ham charchadi. Men temirdan emasman, o'zga sayyoralik ham emasman. Mening oilam, o'g'il va qizlarim bor", — deb tushuntirdi og'ir vazn toifasidagi ikki karra mutlaq jahon chempioni.

Fikrlar