20 jan 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/149932_220.jpg)
Usik Joshua - Fyuri jangiga rozi bo'lishi uchun qancha gonorar xohlayapti?
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning superog'ir vazn toifasida o'tkazilishi kutilayotgan Entoni Joshua hamda Tayson Fyuri jangiga rozilik berishi uchun qancha gonorar istayotgani malum bo'ldi.
Bu haqida Eddi Xirn xabar berdi. Britaniyalik promouterning aytishicha, ukrainalik sobiq chempion jangdan 2,71 million dollar evaziga voz kechishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, aslida Usik Joshuaning WVO kamariga rasmiy davogar hisoblanib, navbatdagi jangini chempionga qarshi o'tkazishi lozim. Biroq, Eddi Xirn Joshuaning navbatdagi jangi Tayson Fyuriga qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun bo'lishini istamoqda. Usikni yo'ldan olish uchun esa unga pul berish kerak.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar