12 noy 17:17
Yangiliklar

Usik-Joshua. Yaqin orada revansh manzili aniq bo'ladi
Og'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari egasi Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk mijozining Entoni Joshua bilan revansh jangiga tayyorgarliklar boshlab yuborilganligi haqida gapirdi.
"Biz Joshuaning promouteri Eddi Xirn bilan tez orada uchrashishni rejalashtirmoqdamiz. Maqsad revanshni o'tkazish ustidagi ishlarni tezroq boshlab olish. Jangni o'tkazish uchun uchta joyni ko'zdan kechirmoqdamiz. Bular Buyuk Britaniya, Ukraina va yaqin sharq mamlakatlaridan biri. O'ylaymanki, 2021 yilning oxiriga qadar bir qarorga kelamiz. Revansh bizni umuman bezovta qilayotgani yo'q. SHartnoma imzolanishidan oldin aynan revansh haqidagi punktni yaxshi o'rganib chiqqanmiz. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda. Birinchi jang kabi, ikkinchisiga ham bor etiborimizni qaratamiz", - deydi Aleksandr Krasyuk.
Fikrlar