25 sen 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik o'zi uchun eng qulay raqib nomini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WVA, WVO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usik o'zi uchun eng qulay raqib nomini aytdi.
"Menimcha, eng qulay raqib bu Uaylder. Ammo, men Tayson Fyuri bilan jang qilishni afzal ko'raman. Sababi o'zim uchun oson yo'llarni qidirmayapman", — deya Usikning so'zlarini keltiradi jurnalist Maykl Benson.
Aleksandr Usik faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. So'nggi jangida ukrainalik bokschi Entoni Joshua ustidan g'alaba qozonib, chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qolgandi.
Eslatib o'tamiz, Usik faoliyatini yakunlaguncha Fyuri va Kanelo bilan jang qilish istagi borligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar