11 noy 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Tayson Fyuri bilan jang haqidagi savolga javob berdi
Og'ir vaznning bir necha yo'nalishidagi chempion Aleksandr Usik WBC chempioni Tayson Fyuri bilan o'tkazilishi mumkin bo'lgan jang haqidagi savolga javob qaytardi.
"Fyuri - Uaylder jangini qaerda ko'rdim? Men o'sha damda Gruziyada edim va telefonim orqali jangni tomosha qildim. Ammo, jangning masshtabini his qilishim uchun bu etarli bo'ldi.
Tayson bilan jangim va uning ojiz tomonlari? Jang bo'lishi mumkin. Biz bir necha marta Fyuri bilan ko'rishganmiz, ammo biror marta ham suhbatlashmaganmiz. Uning ojiz tomonlarini o'ylash mening ishim emas. Biz bu ishni murabbiyim bilan qilamiz. Mening vazifam - o'zimning tayyorgarligimga etibor berish", - dedi Aleksandr Usik.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar