01 iyu 11:59
Yangiliklar
Usikka qarshi revanshga Joshuani kim tayyorlashi malum
Bu haqda ESPN nashri o'z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Joshua — Usik revansh jangi 23 iyul kuni, Saudiya Arabistonida o'tkazilishi rejalashtirilgan, biroq jang hali rasman elon qilinganicha yo'q.
Joshua o'tgan yili sentyabr oyida Usikka ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lib, o'z kamarlaridan mosuvo bo'lgandi. O'tgan yili u AQSHga, Verjil Xanter, Eddi Reynoso, Ronni SHilds va Robert Garsiyalarning mashg'ulotlar zaliga bordi. Va yakunda Kaliforniyada istiqomat qiluvchi murabbiy — Robert Garsiya nomzodiga to'xtaldi. Robert Joshua bilan mashg'ulotlarni Buyuk Britaniyada olib boradi.
Manbaning xabariga ko'ra, Joshuani havaskor paytidan buyon shug'ullantirib kelgan sobiq bosh murabbiyi Robert Makkreken endilikda bokschi bilan mashg'ulot o'tamaydi.
47 yoshli sobiq jahon chempioni Robert Garsiya allaqachon taniqli murabbiyga aylanib ulgurgan. Robert shu kungacha 14 nafar jahon chempionini tayyorlagan: Markos Maydana, Abner Mares, Xose Ramires, Brendon Rios, Mayk Garsiyalar shular jumlasidandir.
Fikrlar