20 sen 08:47
Yangiliklar

Usikning menejeri keyingi raqib kim bo'lishini aytdi
"Fyuri bilan hech narsa aniq emas, hech qachon aniq bo'lmaydi. U xohlasa faoliyatini tugatadi, istasa boksga qaytadi. Bazida Usik yoki Joshua bilan jang qilgisi keladi. Tayson doim muammo tug'dirgan, ayniqsa jang tashkil etiladigan bo'lsa.
Fyuri Usikdan qo'rqadi. Biz uning orqasidan yugurmoqchi emasmiz. Unda bitta kamar, bizda esa uchta. Hozir Usik Deontey Uaylder — Robert Xelenius jangi g'olibiga qarshi bo'lajak bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda", — deya Klimasning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Avvalroq, Eddi Xirn Usik - Uaylder ehtimoliy jangi favoriti kimligini aytgani haqida xabar bergandik.
SHu bilan birga WBC chempioni Tayson Fyuri Entoni Joshuaga qarshi jang shartnomasini imzolaganini malum qilgan edi.
Fikrlar