23 noy 13:50
Yangiliklar

Usman Kanelo bilan jang haqida: "Saulni hurmat qilmayman. Ammo, u eng zo'rlaridan biri"
O'rta vaznda UFC chempioni va vazn toifalaridan qati nazar eng kuchli UFC jangchisi Kamaru Usman boksdagi yarimo'rta vaznda mutlaq chempion Saul Alvares bilan jang haqida gapirdi.
"Men har gal jang qilgani chiqqanimda haqiqiy urush bo'lishini kutaman. Oktagon yoki ring farki yo'q - menga urush kerak. Alvares ajoyib jangchi, ammo men bu jangga ortiqcha qiziqayotganim yo'q. Jang tashkil qilinsa bu yaxshi, bunday bo'lmasa ham hech narsa o'zgarmaydi. Saulni inson sifatida hurmat qilmayman. Ammo, u o'z davridagi eng zo'rlaridan biri. SHu sabab ham, men uning faoliyatiga tasanno ayta olaman.
O'ylashimcha, bizning jang muxlislarga qiziq bo'ladi. O'z sportidagi eng kuchli ikki jangchi. Ulardan qaysi biri kuchliroq ekanligini aniqlab olish ajoyib bo'lardi. Gap pulda emas, gap motivaciyada", - deydi Kamaru Usman.
Fikrlar