20 iyu 11:53
Yangiliklar
Usman Nurmagomedov 31 iyul kuni chempionlik kamarini himoya qiladi
Rossiyalik jangchi AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan PFL New York turnirining markaziy bahsida amerikalik Archi Kolganga qarshi oktagonga ko'tariladi.
24 yoshli Usman Nurmagomedov professional faoliyati davomida hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan bo'lib, uning hisobida 21 g'alaba mavjud. U so'nggi jangini fevral oyida o'tkazib, Alfi Devisni mag'lub etgan va chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Uning raqibi Archi Kolgan ham mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan jangchilardan biri hisoblanadi. Amerikalik fayter 13 ta jangning barchasida g'alaba qozongan
Malumot uchun, PFL New York turniri 31 iyul kuni Nyu-York shtatidagi UBS Arena majmuasida tashkil etiladi.

Fikrlar