24 avg 09:51
Yangiliklar

Usman Nurmagomedov: "Bir yildan keyin UFC`da bo'laman - o'shanda gaplashamiz"
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik 28 yoshli aralash yakkakurash ustasi shu vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya bilan jang qilish asosiy maqsadi ekanini aytmoqda.
"Voqealar rivojidan ilgarilab ketmoqchi emasman. Birinchi navbatda Dubayda o'tkaziladigan revansh jangida Pol Xyuz bilan hisob-kitob qilishim kerak. Xyuzga qarshi o'sha jangim faoliyatimdagi eng yaxshisi emasligini isbotlashim kerak. 3 oktyabr kuni birinchi jangdagi xatolarimni to'g'rilayman.
Topuriyaga kelsak, o'ylaymanki, men unga etib boraman. Balki, kelasi yil oxirigacha bu jang amalga oshar. Buning uchun u o'z kamarini qo'lida ushlab turishi kerak. Unga maslahatim vaqtida ketgani yaxshi", — dedi Nurmagomedov Dog'istonda Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnir oldi matbuot anjumanida.
Fikrlar