So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

01 avg 18:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Usman Nurmagomedov: "Men dunyodagi eng kuchli engil vaznli jangchiman"

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Usman Nurmagomedov PFL chempionlik kamari uchun jangda amerikalik Archi Kolganni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.

Garchi Usman hali eng kuchli (top) engil vaznli raqiblar bilan to'qnash kelmagan bo'lsa-da, u ayni damda dunyodagi eng yaxshi jangchi ekanligiga shubha qilmayapti.

"Men jang qilishni, g'alaba qozonishni, barcha kamarlarni qo'lga kiritishni va sog'lig'im imkon berganicha ularni himoya qilishni rejalashtiryapman. Hozirgi vaqtda o'sish uchun salohiyatim borligini ko'ryapman, har doim ustida ishlash kerak bo'lgan narsalar bor, barcha ko'nikmalarimni rivojlantirishim va kuchaytirishim mumkin. Ammo dunyodagi boshqa engil vaznli jangchilarni oladigan bo'lsak, men ayni damda eng kuchlisi ekanligimga ishonaman. Odamlar boshqacha fikrda bo'lishi mumkin, lekin ular mening o'zim haqimdagi fikrimni o'zgartira olmaydi. Vaqti keladi – hammasini ko'rsatamiz, hozircha esa gazni bosamiz!", – dedi Nurmagomedov "Red Corner MMA"ga bergan intervyusida.

Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan PFL turnirining markaziy jangi bo'ladigan ushbu chempionlik bahsi 28 yoshli Usman Nurmagomedov uchun tashkilot bilan tuzilgan amaldagi shartnoma bo'yicha oxirgisi bo'ldi. U katta ehtimol bilan endi UFC`ga o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing