15 iyu 10:00
Yangiliklar
![](/upload/storage/223096_220.jpg)
Usman Nurmagomedovning raqibi, jang sanasi va manzili malum
Unga ko'ra, Bellator 283 turniri 23 iyul kuni AQSHning Vashington shtati Takoma shahrida bo'lib o'tadi. Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Usman Nurmagomedov ham ushbu turnirda o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Usman shu kuni amerikalik Kristofer Gonsalesga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, 24 yoshli Usman Nurmagomedov MMAdagi faoliyati davomida jami 14 ta jang o'tkazgan bo'lib, barchasida g'alabaga erishgan. Rossiyalik Bellator promoushenida 2020 yilning sentyabr oyida debyut qilgandi. Hisobida 3 ta g'alaba bor, 2 ta jangda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Usman so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Bellator 269 turniri doirasida finlyandiyalik Patrik Pieteluga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'ygandi.
Amerikalik 30 yoshli Kristofer Gonsales esa Bellator promoushenida 2019 yilning may oyidan beri jang o'tkazib keladi. Hisobida 6 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor. So'nggi jangini shu yilning yanvar oyida Bellator 273 turnirida vatandoshi Saad Avadga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Fikrlar