15 avg 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Valentina SHevchenko Nunesning Penya bilan revansh jangi haqida fikr bildirdi
UFC chempioni Valentina SHevchenko yuqori divizion chempioni Amanda Nunesning Julianna Penyaga qarshi ikkinchi jangi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yaxshi jang bo'ldi. Qizlar yuqori darajani ko'rsatishdi. Bu ayollar MMAsining darajasi va buni tomosha qilish menga juda yoqadi.
Amanda formasini yo'qotib qo'ydimi? Bilmayman, agar avvalgi jangni olib qarasak, o'tgan safar uning darajasini tushurishgandi.
Avvaliga nokdaun qilib, keyin bo'g'ib qo'yishdi. Keyin u o'ziga keldi va boshqa kayfiyat bilan revanshga chiqdi. Barchasi odamning qay darajada tayyorlanishiga bog'liq. U xatolari ustida ishladi. O'zini o'zgartirdi. Bu esa odam yaxshi fikrlaganini bildiradi" - dedi SHevchenko.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar