08 iyu 10:49
Yangiliklar
Valentina SHevchenko Petr Yanga murojaat qildi
Qirg'izistonlik chempionning aytishicha, Yanning Sterlingga qarshi revansh jangidagi omadsizligiga emociya, yani his-hayajonga berilish faktori sabab bo'lgan. Agar u shu kamchiligini bartaraf etsa, hali chempionlik kamarini qaytarib olishi mumkin.
"O'ylashimcha, bir nechta omillar Petrning mag'lubiyatiga sabab bo'lgan. Birinchi galda uning burchagida o'z sekundatlari bo'lmadi. Ikkinchidan, revansh jangi oldidan yig'ilgan his-hayajon. To'g'ri, vaziyatdan to'liq boxabar bo'lmasdan turib munosabat bildirish mushkul. Lekin mening shaxsiy fikrim shunday. Menga Yanning janglari yoqadi. U hamma uchun qiziq jangchi. Ishonchim komil, u hadi kamarini qaytarib oladi", – dedi SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, Valentina SHevchenko navbatdagi himoya jangini 11 iyun kuni Singapurdagi UFC 275 turniri doirasida braziliyalik Taila Santosga qarshi o'tkazadi. Petr Yanning oktagonga qaytishi esa kuz oylariga mo'ljallanmoqda.
Fikrlar