25 apr 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Valentina SHevchenko: Qonni ko'rganimdan keyin jang qanday yakunlanishini bilgandim
Qirg'izistonlik UFC kamari sohibi Valentina SHevchenko bugungi g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun nima sababdan kurashdim? CHunki odamlar menda qandaydir yangiliklarni ko'rishlarini istayman. Jang uchun rejam bor edi: oktagonga ko'tarilish va raqibni yanchib tashlash. Buning uchun Jessikadan uzr so'rayman.
Tizza bilan bergan zarbamdan so'ng qonni ko'rdim va shundan so'ng jang qanday natijada yakunlanishini bilib ulgurgandim. Keyin raqibamga yanada kuchliroq bosim o'tkazdim. Bu erda eng kuchlilarga qarshi jang qilish uchunman. Menga kimni berishlarining farqi yo'q", - dedi Valentina.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar