18 iyu 08:10
Yangiliklar
Valuev Bivol va Beterbiev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi
"Ruslar ringda to'qnash kelishini yoqtirmayman. Uni ustiga gap mutlaq jahon chempionlik haqida borsa. Ammo, bu boks va u mamlakatga unchalik ham katta tasir o'tkazmaydi .
Bunday vaziyatda men ularga professional sportchi sifatida yoshi o'tgunga qadar etarlicha mablag' to'plashini maslahat bergan bo'lardim. Hozircha bir-birlari bilan jang qilmas ekan, boshqalarni mag'lub qilishda davom etsin. Ammo, ular baribir to'qnash kelishadi va bularning hammasi jang oldi tayyorgarlik.
Qaysi biri g'alaba qozonish ehtimoli ko'proq? Men kimgadir ustunlik berishni yoqtirmayman. Ularning imkoniyati 50/50 deb aytgan bo'lardim. Bu jangda aniq favorit yo'q. Ular bir-biridan juda farq qiladi", - deya Valuevning so'zlarini keltiradi RIA Novosti Sport.
Fikrlar