So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

17 noy 18:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazirlikda “O'zbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi Qonunning ijrosi muhokama qilindi

Teglar :  VazirlikDavlat tili
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ijrosi muhokama qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Nodir Murotov raisligida o'tkazilgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetov, vazirning manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Zokir Rasulov, vazirlik boshqarma va bo'lim boshliqlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, hududlarning markaziy tuman(shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'lim boshliqlari, barcha turdagi sport talim muassasalari va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi PF–6084-sonli «Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni doirasida kelgusida vazirlik hamda vazirlik tizimidagi muassasa va tashkilotlarda amalga oshiriladigan vazifalar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 10.1/10-20-133-sonli «Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida»gi taqdimnoma muhokama etildi.

Videoselektor yig'ilishida kelgusida ish yuritish jarayonida o'zbek tilining imlo qoidalariga jiddiy etibor qaratish borasida tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing