05 iyu 20:19
Yangiliklar
Velosportchimiz Serbiyadagi turnirda ikkinchi bo'ldi
Ikki bosqichdan iborat turnir “2.2 - Stages - Class 2” tasnifidan o'rin olib, unda O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etdi.
Musobaqaning ikkinchi kun poygasi hamyurtlarimiz uchun omadli o'tdi. Unda “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi azosi Nafosat Kozieva ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ahamiyatlisi, 80 km masofaga kechgan poygada 4 nafar sportchi finishda bir xil natija (2 soat, 5 daqiqa, 49 soniya) ko'rsatdi.
Kuchli to'rtlik quyidagicha ko'rinish oldi:
1. Monika Brzezna (Polsha)
2. Nafosat Kozieva (O'zbekiston)
3. Alina Bogdan (Ukraina)
4. SHahnoza Abdullaeva (O'zbekiston)
Musobaqa yakunida 3 nafar hamyurtimiz Sofiya Karimova (6), Yanina Kuskova (8), Margarita Misyurina (10) kuchli o'nlikdan joy olib, Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasi uchun reyting ochkolarini jamg'arishdi.
Reglamentga muvofiq, har ikki bosqichda kuchli beshlikdan joy olgan atletlar ham o'z hisoblarini qimmatli ochkolar bilan boyitib olishdi. Yana bir ahamiyatli tomoni, Sofiya Karimova 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar orasida umumiy hisobda uchinchi natijani qayd etdi.
Fikrlar