09 may 14:27
Yangiliklar
Velosport
Velotrek bo'yicha Toshkent Gran-pri turniri yakunlandi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da velosportning trek yo'nalishi bo'yicha “Tashkent Grand Prix” musobaqasi bo'lib o'tdi.
8 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan turnirda O'zbekiston terma jamoasi azolari yuqori natijalarni qayd etishdi.
Xususan, erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda Sergey Rostovcev o'zi ishtirok etgan barcha dasturda g'alaba qozonib, 5 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa Nafosat Kozieva 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga ega chiqdi.







Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar