09 fev 21:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Veyli CHjan Valentina SHevchenko bilan jang qiladimi? Dana Uayt javob berdi
Ayollar o'rtasida minimal (52 kg) hamda o'ta engil vazn (57 kg) toifalarida amaldagi UFC kamarlari sohiblari o'zaro birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishi mumkinmi?
UFC prezidenti Dana Uayt bu savolga javob berdi.
— Ayni paytda ayollar o'rtasida vazn toifasidan qati nazar kim eng kuchli jangchi hisoblanadi — Veyli CHjanmi yoki Valentina SHevchenko?
— To'g'risi, men bunday savollarga javob berishni yomon ko'raman. Ularning har ikkisini ham yaxshi ko'raman. Balki, biz shunchaki buni muhokama qilib ko'rarmiz. Buning imkoni bor", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda Bloody Elbow portali.
Eslatib o'tamiz, kecha tongda Avstraliyaning Sidney shahrida o'tgan UFC 312 turnirida CHjan davogar Tatyana Suaresni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, o'z chempionlik kamarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar