10 noy 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Vitaliy Klichko zamonamizning eng kuchli ikki bokschisi kimligini aytdi
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichko hozirgi vaqtdagi eng kuchli ikki bokschi kim degan savolga javob qaytardi.
"Abadiy chempionlar bo'lmaydi. Faqatgina malum muddatgina siz eng kuchlisi bo'lishingiz mumkin. Bugun eng zo'ri bo'lishingiz mumkin, lekin ertaga bunday bo'lmaydi.
Hozirgi paytda shunday ikki bokschi bor. Bular Tayson Fyuri va Aleksandr Usik. Bu bokschilar hozirgi vaqtdagi eng zo'r ikki jangchi sanalishadi.
Bizni juda ajoyib janglar kutmoqda. Usik birinchi navbatda Joshua bilan revansh o'tkazishi kerak. Ishonamanki, shundan so'ng Usik - Fyuri jangi tashkil qilinadi", - deydi Vitaliy Klichko.
Havola :
Manba : "В гостях у Гордона"
Fikrlar