01 fev 18:26
Yangiliklar

Volkov Jon Jonsning og'ir vazndagi kelajagi haqida gapirdi
"Uni omad kutayotgandek ko'rinyapti, yana kim bilsin. Misol uchun Aleksandr Gustafsson, u yarimog'ir vaznda Jon Jonsning raqobatchisi edi. Og'ir vaznda esa u o'zini unchalik ham ko'rsata olmadi. Jon Jons bilan nima yuz berishini faqat uning janglarini ko'rib fikr bildirishimiz mumkin.
Unga titul jangini berish adolatdanmi? Uning obro'si, janglari va o'ziga etibor tortishidan kelib chiqsak, xa, adolatdan. UFCga bu jang foyda olib keladi, hammasi oddiy.
Sport nuqtai nazaridan qarasak, yo'q. U titul jangigacha bir necha bosqichlarni bosib o'tishi kerak. Ammo, u juda taniqli jangchi. Juda ko'p chempionlik janglari o'tkazgan. Umumiy olib qarasa, unga chempionlik jangi berilishi adolatdan", - dedi Aleksandr Volkov.
Fikrlar