20 iyu 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkov o'zi to'qnash kelishni istaydigan jangchi nomini aytdi
Rossiyalik UFC jangchisi Aleksandr Volkov keyingi raqibi sifatida kimni ko'rmoqchiligini aytdi.
"Miochich bilan jang qiziqarli bo'lar edi. U reytingda yuqorilagan. Ha, u chempion emas, ammo reytingda ikki yoki uchinchi o'rinda bormoqda. Uning oxirgi jangiga ancha bo'lganini va men ozod ekanimni inobatga olsak, nega u boshqa jangchilarning chorlovlarini qabul qilmasligi kerak?
Gap shundaki, UFC'dagilar uni saqlab qolishni istaydimi? U uzoq vaqt jang qila olmaydi, yoshi ham o'tib qoldi. Agar u jang qilishni istamasa, buni to'xtatadi. U bilan jangga vaqt topmoqchiman", - dedi Volkov Hustle MMA YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Volkov so'nggi bor 5 iyun kuni Jairzino Rozenstraykka qarshi jang qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar