23 sen 11:55
Yangiliklar
Volontyorlar, yani ko'ngilli yordamchilar bilan uchrashuv o'tkazildi + FOTO
Har qanday nufuzli musobaqa, ayniqsa Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarining o'tkazilishida mezbon davlat volontyorlar xizmatiga extiyoz sezadi. Yani, sportdan biroz bo'lsa-da xabari bor, ingliz va boshqa xorij tillarini biladigan asosan talaba yoshlar musobaqa tashkilotchilari uchun yordamga keladilar. Tabiiyki, bu o'zlari uchun ham katta tajriba maktabi vazifasini o'tab beradi. Boshqacha aytganda, amaliyot uchun tayyor maydon.
Kecha O'zbekiston dzyudo federaciyasida 6-13 oktyabr kunlari o'tkaziladigan jahon chempionatida volontyor sifatida ishlash istagini bildirgan ko'ngillilar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik, Iqtisodiyot, Jahon tillari, Vestminster, Axborot texnologiyalari hamda AKFA universitetlari talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi.
Fikrlar