01 fev 13:39
Yangiliklar
WBA reytingi. O'zbek bokschlari qaysi o'rinlarni egallab turibdi?
Unga ko'ra, reytingdan olti nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. Bu oy bokschilarimizning reytingdagi quyidagicha ko'rinish olgan:
Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz - SHahram G'iyosov olti, SHohjahon Ergashev esa sakkizinchi pog'onani egallab turibdi. SHahram ayni paytda ushbu vaznda WBA International kamari sohibi hisoblanadi.
Birinchi o'rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o'rinda qayd etilgan.
Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev (-76,2 kg) esa o'tgan oydan 1 pog'ona pastlagan va 15-o'ringa tushgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo'lib turibdi.
Yarimog'ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To'laganov ham avvalgi oydagi kabi 14-o'rinda qayd etilgan.
Fikrlar