31 may 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC Golovkinga: Agar Alvares bo'lmasa, unda majburiy himoya
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Mauricio Suleyman o'rta vaznda uchta yo'nalish chempioni Gennadiy Golovkinga tezroq keyingi raqibi borasida bir qarorga kelishga chaqirdi.
Suleymanning aytishicha, agar qozog'istonlik bokschi meksikalik Saul “Kanelo” Alvares bilan jang qilishni istamasa, u holda WBC yo'nalishida vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Jermall CHarloga qarshi ringga chiqishga rozilik berishi shart.
Takidlash kerak, bir muddat avval IBF tashkiloti Golovkinga keyingi jangini majburiy davogar ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi o'tkazish majburiyatini yuklagandi.
“Biz Golovkinni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. Lekin u Kanelo bilan jangga rozi bo'lmasa, u holda CHarloga qarshi ringga chiqishi kerak”, — dedi Suleyman ESPN Deportes kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar