20 iyu 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Gran-prisi. Bugun Mujibillo Tursunov navbatdagi jangini o'tkazadi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisi davom ettiriladi.
Xabaringiz bor, uch nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustaci — Ayubxon Baxtiyorov, Mujibillo Tursunov va Lazizbek Mullojonov aprel oyida bo'lib o'tgan ilk bosqich doirasidagi janglarida g'alaba qozonishgan edi.
Bugun turnirning nimchorak finalida Mujibillo Tursunov ringga ko'tariladi. Unga Argentina vakili Alan Ezikel Dutra raqiblik qiladi. Mujibillo prof faoliyati davomida 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Dutra hisobida esa 15 ta g'alaba bor.
Malumot uchun, WBC Gran-prisida Ayubxon Baxtiyorov va Lazizbek Mullojonov o'z janglarini ertaga, 21 iyun kuni o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar