11 okt 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC ikki chempion - Joshua va Uaylder jangini tashkil qilishga kirishdi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) super og'ir vazn toifasida chempionlik kamarlarini bo'lishib turgan ikki jahon chempioni o'rtasida jang tashkil etishga kirishdi.
WBC tashkiloti prezidenti Maurisio Suleyman shaxsan o'zi bu jangni tashkil qilish bilan shug'ullanmoqchi. Ayni paytda britaniyalik Entoni Joshua WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi. Eng nufuzli hisoblangan WBC kamari esa amerikalik Deontey Uaylderda.
Uaylder 1 dekabr kuni sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuridan chempionlik kamarini himoya qiladi. Suleymanning so'zlariga qaraganda, agar himoya muvaffaqiyatli amalga oshsa, u holda Uaylderning keyingi jangi Joshuaga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar