25 sen 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti Kanelo - CHarlo jangi haqida gapirdi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman Kievda o'tkaziladigan yillik Kongressda har bir vazn toifasida chempionlik himoya janglari bo'yicha ro'yxat tasdiqlanishini malum qildi.
Tashkilotning yillik Kongressi 30 sentyabr kuni Ukraina poytaxtida bo'lib o'tadi. O'rta vaznda WBC chempioni Saul “Kanelo” Alvares ushbu kamarini rasmiy davogar Jermall CHarlodan himoya qilishi kerak.
Suleymanning o'zi ham buni tasdiqladi. Aslida CHarlo o'tgan yiliyoq davogar maqomini qo'lga kiritgandi. O'shanda chempionlik kamari Golovkinga tegishli edi. Gennadiyni mag'lub etgan Alvares endi Jermallga qarshi jang o'tkazishi shart.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar