14 noy 09:10
Yangiliklar
WBC prezidenti Maurisio Suleyman bu yilgi Konvenciya mezbonligi nima uchun O'zbekistonga berilganini aytdi
Ushbu anjumanda ishtirok etgan tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman bir qancha savollarga javob berdi:
- Bu yilgi Konvenciya mezbonligi O'zbekistonga berilishining asosiy sababi nimada?
- O'zbekiston juda mashhur mamlakat. Bu davlat bokschilari havaskorlar o'rtasidagi Olimpiadada ham, jahon chempionatlarida ham juda yaxshi natijalarga erishgan. SHuningdek, O'zbekiston ajoyib sport rahnamolari, xususan, G'ofur Rahimov kabi sport funkcioneriga ega. Ular bizga barcha kerakli sharoitlarni yaratib bermoqda.
- Tayson Fyuri ham ushbu tadbirda ishtirok etishi aytilgan edi. Biroq u hozircha kelmadi. Bunga sabab nima?
- Tayson Fyuri ham bu konvenciyada ishtirok etish uchun qiziqqan edi. Ammo u yaqinda jangda ishtirok etdi. Boz ustiga, Tayson chorshanba kuni shu ishtiroki bo'yicha Londonda matbuot anjumani o'tkazadi. Lekin Aleksandr Usik shu erda. Payshanba kuni biz Tayson, aniqrog'i Mayk Taysonni ham kutib olamiz!
Fikrlar