31 jan 10:39
Yangiliklar

WBO Usik va Joysga o'zaro jangni tashkil qilish uchun 15 kun muddat berdi
WBO ikki bokschining promouterlariga jang shartnomasini tayyorlash uchun 15 kun muddat berdi. Ushbu jang 90 kun ichida o'tkazilishi kerak.
SHuni ham qayd etish joizki, ikki promouterlar - Bob Arum va Eddi Xirn Tayson Fyuri va Entoni Joshuaning promouterlari hisoblanishadi. SHartnoma shartlariga ko'ra, Fyuri - Joshua jangi g'olibi 180 kun ichida Usik va Joys jangi g'olibiga qarshi jang o'tkazishi. Agar bu ish amalga oshmasa WBO kamarni vakant deb elon qiladi. Lekin, Fyuri va Joshua jangi 2021 yil yozidan kechikadigan bo'lsa WBO vaqtinchalik chempionlik unvonini to'laqonli chempionlik unvoniga almashtirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, hozirda Aleksandr Usik og'ir vaznda kamarga birinchi raqamli davogar bo'lib turibdi.
Fikrlar